“Real” zo‘r hujumchiga ko‘z tikdi

  • 13.05.2023 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” mutasaddilari hali ham jamoaga mohir hujumchi qidirmoqda. Nomzod qatoriga Braziliya terma jamoasi forvardi Risharlison ham qo‘shildi.

Fichajes nashrining xabariga ko‘ra, ayni paytda “Tottenxem”da to‘p tepayotgan futbolchi yozda Madridga ko‘chib o‘tishi mumkin.

26 yoshli hujumchini olish uchun “Real” vakillari “Inter” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Milanliklar bu mavsum ishonchni oqlay olmagan Romelu Lukaku o‘rniga Risharlisonni olib kelmoqchi.

Risharlisonning “Tottenxem” bilan o‘zaro shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Uning transfer summasi 55 million evroni tashkil qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!