“Real”da hech qachon sotilmaydigan futbolchi bor

  • 15.02.2021 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” rahbariyati yangi jamoani Kazemiro atrofida qurishga qaror qildi va shu bois, bu futbolchi transferi bo‘yicha har qanday taklifga rad javobi beriladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” har qanday vaziyatda ham Kazemironi saqlab qolishga harakat qiladi va bunda transfer uchun taklif qilinayotgan summaning miqdori umuman rol o‘ynamaydi.

Agar yozda bosh murabbiy Zinedin Zidan jamoani tark etsa ham, uning o‘rniga keladigan mutaxassis jamoani aynan Kazemiro atrofida shakllantirishiga to‘g‘ri keladi.

Kazemiroga PSJ anchadan beri og‘iz solmoqda. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi. “Real” xo‘jayinlari jamoa sardori Serxio Ramos masalasi hal bo‘lganidan keyin Kazemiro bilan yangi shartnoma tuzish bo‘yicha ish boshlaydi.

28 yoshli o‘yinchi joriy mavsumda 19 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvoziga to‘rtta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!