"Real"ga gol urgan Yaxshiboevdan xushxabar!

  • 27 oktabr, 2021, 19:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Sherif” sharafini himoya qilayotgan Jasur Yaxshiboev Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichining ikkinchi turida “Real”ga qarshi uchrashuvda gol urganidan keyin jarohat olib, bellashuvni oxirigacha etkaza olmagan edi.

294a4b

Keyinchalik legionerimizning jarohati biroz jiddiy bo‘lib chiqdi va u O‘zbekiston milliy terma jamoasining Iordaniyada tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ham ishtirok etolmadi.

Bundan tashqari, Yaxshiboev Chempionlar ligasining uchinchi turida “Inter”ga qarshi o‘tkazilgan bahs va Moldova chempionatining o‘yinlarida ham jamoasiga yordam bera olmadi.

Nihoyat, hamyurtimiz jarohatidan butkul qutilib maydonga qaytdi. Moldova kubogining nimchorak final bosqichida “Sherif” futbolchilari “Saksan” jamoasi bilan kuch sinashdi. Ikkinchi bo‘limning o‘rtalarida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Jasur Yaxshiboev yarim soat davomida juda faol o‘ynadi.

Legionerimiz 75-daqiqada gol urish imkoniga ega bo‘lgandi. Biroq, uning yaqin masofadan bergan zarbasini raqib darvozaboni qaytarishni uddaladi. Yana bir vaziyatda uning zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi.

Uchrashuv 6:0 hisobida “Sherif” foydasiga hal bo‘ldi.

image

Ko‘pchilik o‘zbekistonlik muxlislar “Sherif”ning Evropa Chempionlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvini katta qiziqish bilan kutmoqda. Tiraspol klubi “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli turniridagi bahsni 11 noyabr kuni o‘tkazadi. Guruhdagi to‘rtinchi turda “Sherif” o‘z maydonida Italiya chempioni “Inter”ni qabul qiladi.

Bo‘lajak bahsda Jasur Yaxshiboev yana boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishi kutilyapti. Buning uchun o‘zbekistonlik futbolchi jismoniy tayyorgarligini kuchaytirib, sport formasini yanada tiklab olishi talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Jasur Yaxshiboev “Paxtakor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Iste’dodli hujumkor futbolchi  20016-2020 yillar davomida “sherlar” safida jami 46 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilgan.

Keyinchalik, “Paxtakor” rahbariyati Jasurni AGMK jamoasiga o‘tkazdi. Bu jamoada bir mavsum o‘ynagan futbolchi, o‘z omadini xorijda sinab ko‘rish uchun Belarus chempionatiga yo‘l olganidan yaxshi xabardorsiz.

Belarus oliy ligasidagi ishtirokini “Energetik-BGU”da boshlagan Jasur Yaxshiboev ikkinchi davra oldidan chempionlik uchun kurashayotgan “Shaxtyor-Soligorsk” jamoasidan taklif oldi. Chempionatning ikkinchi yarmini “konchilar” jamoasida o‘tkazgan hamyurtimiz, Belarus chempioni bo‘ldi.

2021 yilning boshida Yaxshiboev Polshaning “Legiya” jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Bu jamoa 2020-2021 yilgi mavsumda chempionlikka sazovor bo‘ldi. “Legiya” safida bitta o‘yinda bir necha daqiqa o‘ynagan Jasur Yaxshiboev ham Polsha chempioni hisoblanadi.

EvBAaWMXUAg82aS

“Legiya”da etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan o‘zbek futbolchisi yozgi transferlar vaqtida ijara asosida “Sherif” jamoasiga o‘tdi. Uning tiraspolliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadi.

“Roma”: Raqib – Shomurodov tiz cho‘ktirgan jamoa!

Mourino: Ozgina sabr qiling, “Roma” yulduzlar jamoasiga aylanadi!

Yaxshiboevni o‘ynatmagan bosh murabbiy ishdan olindi

Legionerimizning goli jamoasini EChLga olib chiqish imkonini berdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
27/10/2021 21:03
Ҳали 20016-йил келмаганку. Эътибор бериб ёзинглар...
&
Бухорий Шариф
27/10/2021 21:02
Ҳали 20016-йил келмаганку. Эътибор бериб ёзинглар...