“Roma”: Raqib – Shomurodov tiz cho‘ktirgan jamoa!

  • 27 oktabr, 2021, 18:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun Italiya chempionatining 10-turida “Roma” jamoasi safar uchrashuvida “Kalyari” mehmoni bo‘ladi.

Keyingi paytdagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin Joze Mourino jamoasi oldida faqatgina g‘alaba qozonish vazifasi turibdi.

Sports.uz portali e’tiboringizga ushbu uchrashuv oldidan qiziqarli faktlarni havola etadi. Demak boshladik.

93-jang

“Roma” va “Kalyari” shu kunga qadar o‘zaro 92 marotaba to‘qnash kelgan. Katta ustunlik poytaxtliklar tomonida. Rimliklar 39 ta g‘alaba, 29 ta durang va 24 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

19991945_0_108_2075_1275_1920x0_80_0_0_cfceb5880de38bfd7e8bf606d1307265

Sog‘inilgan g‘alaba

Agar bo‘lajak bahsda rimliklarning qo‘li baland kelsa, “Roma”ning safardagi g‘alabasiz seriyasi ikki oyda barham topadi. Bungacha, Mourino shogirdlari 29 avgust kuni “Salernitana” maydonida 4:0 hisobida zafar quchgan. Shundan so‘ng, “bo‘rilar” “Verona”, “Latsio” va “Yuventu”dan  “kaltak” eb qaytdi.

Rimliklar  Tottini unutgani yo‘q

“Roma”ning afsonaviy hujumchisi Franchesko Totti “Kalyari”ga qarshi eng ko‘p uchrashuvda qatnashgan futbolchi hisoblanadi. U mazkur jamoaga qarshi 28 ta o‘yin o‘tkazgan. Keyingi o‘rindagi Serdio Santarini 23, Daniele de Rossi 22 marotaba “Kalyari”ga qarshi saf tortgan.

Unutilmas murabbiy

“Roma” murabbiylari orasida “Kalyari” qarshi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan Nils Lidxolm hisoblanadi. “Baron” laqabli murabbiy hisobida 15 ta o‘yin bo. Keyingi o‘rinlarni Elenio Errera (14 ta o‘yin) va Luchano Spalletti (10 ta o‘yin) egallab turibdi.

G‘alaba sirini topgan murabbiy

Nils Lidxolm “Kalyari”ni tiz cho‘ktirish sirini torgan murabbiy ham hisoblanadi. Uning qo‘l ostida “bo‘rilar” to‘qqizta g‘alaba, beshta durang qayd etgan va atigi bir marta imkoniyatni boy bergan.

Mourinoga hali ancha bor

“Roma”ning hozirgi murabbiyi Joze Mourino “Kalyari”ga qarshi bellashuvlarda e’tiborga molik natija qayd etishi uchun ancha vaqt kerak bo‘ladi. Umuman olganda, portugaliyalik mutaxassis bosh murabbiy sifatida “Kalyari” bilan to‘rt bor to‘qnash kelgan. Mourino “Inter”ni boshqargan davrda milanliklar “Kalyari” bilan to‘rt bor o‘ynab, ikkita g‘alaba, bittadan durang va mag‘lubiyat qayd etgan.

Totti - to‘purar

“Roma” va “Kalyari” uchrashuvlari to‘purari shubhasiz Franchesko Totti hisoblanadi. Mohir hujumchi o‘zaro bahslarda 14 marta o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ygan.

Mattia Destro esingizdami?

56e2b90030791669e22d91aa7cbda1f4_1

Eldor Shomurodov “Jenoa”da o‘ynagan davrda uning hujumdagi sherigi Mattia Destro edi.  Aynan mana shu futbolchi “Roma” va “Kalyari” qarama-qarshiligida o‘z nomini tarixga muhrlagan. Chunki u “Kalyari”ga bir o‘yinda uchta gol urgan “Roma”ning yagona vakilidir. Bu xet-trik 2014 yilgi chempionatda yuz bergan.

“Kalyari” Shomurodov gol urgan oxirgi jamoa

Yana ortga qaraymiz. Eldor Shomurodov “Roma” uchun hali A Seriyada gol urgani yo‘q. “Jenoa”da esa o‘tgan mavsumda sakkiz marta to‘p kiritgan edi. O‘zbek hujumchisi Italiya chempionatidagi oxirgi golini o‘tgan mavsumning so‘nggi turida aynan “Kalyari” maydonida mezbonlar darvozasiga kiritib, jamoasining g‘alabasini ta’minlagan edi.

1f0e3dad99908345f7439f8ffabdffc4_20210523003259_60a9788bc1ec6

“Kalyari” – “Roma” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

Mourino: Ozgina sabr qiling, “Roma” yulduzlar jamoasiga aylanadi!

Yaxshiboevni o‘ynatmagan bosh murabbiy ishdan olindi

Legionerimizning goli jamoasini EChLga olib chiqish imkonini berdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!