“Real”ga janjallashgan Valverdeni sotish uchun uchta sabab keltirildi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Federico Valverde kelasi yozda sotib yuborilishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi. Urugvaylik futbolchining ehtimoliy ketishi haqidagi gap-so‘zlar uning jamoadoshi Orelien Tchuameni bilan mushtlashganidan keyin yanada ko‘proq tarqalyapti.
Le Journal du Real ma’lumotlariga ko‘ra, “Qirollik klubi” rahbariyati 27 yoshli yarim himoyachi bilan xayrlashish haqida jiddiy o‘ylab qolgan. Bunga uchta sabab keltirilmoqda.
Bunga sabab sifatida nafaqat yuqoridagi mojaro, balki jamoaning sobiq murabbiyi Xabi Alonso bilan bo‘lib o‘tgan va jamoaning ichki muhitiga salbiy ta’sir qilgan kelishmovchiliklar ham ko‘rsatilmoqda.
Qayd etilishicha, “Real” barcha futbolchilarga saboq bermoqchi va Valverdening sotilishi hatto obro‘li o‘yinchilar ham hamma narsadan jazosiz qutulib ketmasligini ko‘rsatuvchi kuchli signal bo‘ladi.
Nihoyat, uchinchi sabab – transfer bozoridagi talab: ko‘plab klublar Federico uchun katta mablag‘ taklif qilishga tayyor va madridliklar bundan foydalanishi mumkin.

Fikrlar