“Real”ga Konate kamlik qiladi. Madridga “Siti” markaziy himoyachisi kerak

  • 05.06.2026 16:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi “Liverpul”ni tark etgan  himoyachisi Ibrohim Konate bilan shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, markaziy himoya uchun yana yangi ijrochi olishga qaror qildi.

“Qirollik klubi” mutasaddilari “Manchester Siti” markaziy himoyachisi Yoshko Gvardiolni xarid qilish variantini ham istisno qilmayapti. Bu haqida AS nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, agar klub prezidentligi saylovida Florentino Peres g‘alaba qozonsa, ispan grandi xorvat futbolchisini sotib olishi mumkin. Gvardiolning o‘zi ham “Real” safida to‘p surishni istamoqda, biroq “Manchester Siti” 24 yoshli himoyachini sotish niyatida emas. Shu bilan birga, madridliklar futbolchi uchun sun’iy ravishda oshirilgan mablag‘ni to‘lashni rejalashtirmayapti.

Gvardiol 2023 yil yozidan buyon “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!