“Real”ga o‘tishi kutilayotgan futbolchi Messi haqidagi postlarini o‘chirib tashladi
Ispaniyaning “Betis” klubi yarim himoyachisi Daniel Sebalos “Tvitter”dagi rasmiy sahifasidagi ayrim qaydlarni o‘chirib tashladi.
Gap shundaki, Sebalos “Real”ga o‘tishi kutilmoqda. Uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ilgari “Barselona” va Lionel Messi haqidagi ijobiy postlar yozilgan va Messidan dasxat olishni istashini aytib o‘tgan edi.
“Real”ga o‘tishga yaqin bo‘lgan futbolchi aynan o‘sha qaydlarni o‘chirib tashlagan.
Ma’lumot uchun, Sebalos yakunlangan mavsumda La ligada 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va ikki gol kiritib, shuncha golga assistentlik qildi.



Fikrlar