“Real”ga o‘tmasam bo‘lmaydi

  • 14 may, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi o‘zini tarbiyalagan “Real”ga qaytishni istayapti, deb xabar tarqatdi L’Équipe nashri.

Tecno

PSJning qatarlik xo‘jayinlari marokashlik futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor emas. Biroq, Ashrafning o‘zi muhitni o‘zgartirishni istayapti.

Madridliklar o‘ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal o‘rniga tezkor o‘yinchi qidiryapti. Hakimi aynan mana shu qanotni to‘laligicha yopa oladi.

Hakimi o‘z vaqtida “Real” asosiy tarkibiga kira olmagan. Biroq, keyin o‘ynagan jamoalari – “Borussiya” va “Inter”da etakchi o‘yinchilardan hisoblangan. Xususan, PSJ da ham asosiy figuralardan biri sifatida joriy mavsumda 37 ta o‘yinda qatnashdi. Bu bahslarda to‘rtta gol va beshta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!