"Real"ga qarshi o‘ynagan Xoakin bir ko‘rsatkich bo‘yicha, faqatgina Raul va rekordchidan ortda qolmoqda

  • 9 mart, 2020, 03:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Betis" yarim himoyachisi Xoakin La Liga doirasida kechgan "Real" (2:1) ga qarshi bahsda maydonga tushdi.

Tecno

38 yoshli futbolchi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, ikkinchi bo‘limda zahiraga olindi. Bu ispaniyalik futbolchi uchun La Ligadagi 544-bahs bo‘ldi.

Shu tariqa, Xoakin La Liga tarixida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilar orasida Eusebio Sakristan (543 o‘yin) ni ortda qoldirib, uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Yarim himoyachidan faqatgina, Andoni Subisarreta (622 o‘yin) va Raul (550) Ispaniya chempionatida ko‘proq maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!