
"Real"ni boshqargan ikki super mutaxassisdan biri "An-Nasr" murabbiylik postiga kelishi kutilmoqda
Kecha, payshanba kuni "An-Nasr" klubi Rudi Garsiya bosh murabbiy sifatida ketganini e’lon qildi. Jamoaga Dinko Yelichich vaqtinchalik murabbiy etib tayinlandi. "CBS Sports" nashri xabariga ko‘ra, riyodliklar rahbariyati kuchli mutaxassis olishga bel bog‘lagan.
Manbaga ko‘ra, ikki yulduz murabbiy "An-Nasr"ning radariga tushgan. Bular - Zinedin Zidan va Joze Mourino. Frantsiyalik mutaxassis ayni damda ishsiz, portugaliyalik esa "Roma" boshqaruvida ishlamoqda.
Taxminlarga ko‘ra, Saudiya klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi bosh murabbiyni tanlashda ishtirok etmoqda.
Oldinroq jamoa Mourinoga ikki mavsumlik shartnoma uchun 100 million evro taklif qilgani xabar qilingan edi.
Fikrlar