
“Real”ning Chempionlar ligasi finalida o‘ynashga haqqi yo‘q!
“Manchester Yunayted”ning afsonaviy darvozaboni Meter Shmeyxel “Real”ning Chempionlar ligasi finaliga chiqqaniga keskin munosabat bildirdi.
Ma’lumki, Karlo Anchelotti shogirdlari ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, “Manchester Siti”dan 6:5 hisobida ustun kelib, hal qiluvchi bahsga yo‘llanma olgandi.
- “Real”ning finalda o‘ynashga haqqi yo‘q, deb hisoblayman. So‘nggi ikki o‘yinda bu jamoa ancha zaif ko‘rindi. Javob o‘yinida madridliklarning birinchi qulay vaziyati 90-daqiqada yaratildi va bu darvozaning ishg‘ol qilinishi bilan yakunlandi. Ikkinchi gol esa keyingi vaziyatda kiritildi.
“Manchester Siti” o‘yinni to‘liq nazorat qildi. Biroq, o‘z arenangiz 12 o‘yinchingiz bo‘lishi mumkin ekan, - dedi Shmeyxel.
“Real” Chempionlar ligasining so‘nggi bahsida “Liverpul” bilan kuch sinashadi. Final 28 may kuni Parijda bo‘ladi.
Fikrlar