“Real”ning eng katta muammosi – Vinisius!

  • 25.01.2026 11:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul”dagi oʻyinlari bilan tanilgan va hozir futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Jeymi Karrager “Real”ning braziliyalik legioneri Vinisius Juniornı keskin tanqid qildi.

Angliyaning mutaxassisning taʼkidlashicha, Xabi Alonsoning “Real” bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqarilishiga aynan Vinisius aybdor.

- Xabi Alonso “Real” uchun asosiy muammo boʻlmagan. Lekin aynan u ishdan ketdi. Bu qanday ishlashini hammamiz bilamiz.

Ammo muxlislar hush­tak chaldi, deb tunnelda yigʻlashni boshlama! Sen murabbiyning ishdan ketishiga sababchisan!

Vinisiusga hech qanday hamdardlik yoʻq. Muxlislar uni fosh qildi, deb oʻylayman. Bu vaziyat yuz berdi…

Xabi Alonso – “Real” afsonasi, murabbiy sifatida emas, futbolchi sifatida. U yerda Chempionlar ligasi va La Ligani yutgan. U, albatta, oʻrganayotgan yuqori darajali yosh murabbiy.

Men bu uchun Vinini tanqid qilmaganman, chunki “Real”da bunday holat oddiy. Ilgari ham boshqa oʻyinchilar shunday qilgan va murabbiy ishdan ketgan. Alonso buni bilardi, u nimaga qoʻl urayotganini tushungan. Ammo tunnelda yigʻlashni boshlama, Vini, - dedi Karrager.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!