"Real"ning ikki futbolchisi Madrid derbisini o‘tkazib yuboradi

  • 26 fevral, 2022, 19:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubining ikki futbolchisi Garet Beyl va David Alaba bugun maydonga tusha olmaydi. Ular "Rayo Valekano"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Alaba son qismidan jarohat olgan. Murabbiylar uni o‘yinga tushirib, tavakkal qilishni istamayapti.

Beylda esa hammasi joyida. U kechagi mashg‘ulotlarda ham ishtirok etgan. Biroq murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, u hatto qaydnomaga ham kiritilmadi. 

Eslatib o‘tamiz, "Rayo Valekano" - "Real" Madrid o‘yini bugun 22:30da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!