
"Real"ning "Liverpul"ga qarshi qaydnomasi e’lon qilindi. Azar va Ramos...
Ertadan Evropa Chempionlar Ligasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlarga start beriladi.
Dastlabki kunning asosiy bellashuvi Madridda kechadi. Unda "Real" "Liverpul"ni qabul qiladi. Ushbu o‘yin uchun "qaymoqranglilar" qaydnomasi e’lon qilindi. Unga 21 nafar futbolchi kiritildi.
Kutilganidek, Serxio Ramos jarohat olganligi sabab, ushbu ro‘yxatdan tushib qoldi. Shuningdek, safga qaytishi taxmin qilingan Eden Azar ham "Liverpul"ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Shunga qaramay, anchadan beri tiklanish jarayonini boshdan o‘tkazayotgan Federiko Valverde tarkibga qaytdi.
Ma’lumot uchun, mazkur jamoalarning so‘nggi to‘qnashuvi EChL-2017/18 yilgi mavsum finaliga to‘g‘ri kelgandi. Unda "Qirollik klubi" 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida 13 bor Evropa taxtini zabt etgandi.
Fikrlar