
"Real"ning "Man Siti"ga qarshi bahs uchun qaydnomasi ma’lum bo‘ldi
Evropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Real" va "Manchester Siti" qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuv uchun madridliklarning qaydnomaga kiritilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Garet Beyl va Luka Yovich tarkibdan joy olgan.
Quyida to‘liq qaydnoma bilan tanishing:
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diego Altube.
Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Marselo, Ferlan Mendi.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko.
Hujumchilar: Karim Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes, Luka Yovich, Vinisius Junior.
Fikrlar