
"Real"ning sobiq bosh murabbiyiga La Liga klubidan xaridor chiqdi
Sevilyaning "Betis" klubi rahbariyati iste’foga chiqarilgan bosh murabbiy Kike Setena o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ular ayni damda ushbu lavozimga Ispaniya terma jamoasi va “Real” Madrid klubi sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi nomzodini ko‘rib chiqishmoqda. Aytish lozimki, 52 yoshli ispaniyalik mutaxassis o‘tgan mavsum boshida “Real”ni qabul qilib olgan, biroq ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng oktyabrda iste’foga chiqarilgan edi. Hozirda u ishsiz hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, “Betis” joriy mavsum La Ligani 50 ochko bilan 10-o‘rinda yakunladi.
Fikrlar