
"Real"ning sobiq himoyachisi Superliga chempioni bilan shartnoma imzolaydi
Madridning “Real" klubi sobiq himoyachisi Fabiu Koentrau o‘z kuchini Gretsiya Superligasida sinab ko‘rishga qaror qildi.
A Bola nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli portugaliyalik futbolchi tez orada PAOK klubi bilan shartnoma imzolaydi. Ta’kidlash kerakki, uning "Riu Ave" bilan amaldagi shartnomasi yakunlangan va u Gretsiya chempioni safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.
Ma’lumot uchun, Koentrau 2011-2018 yillarda “Real”da to‘p surgan va 106ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 2,5 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar