"Real"ning yangi futbolchilaridan biri jarohat oldi

  • 14.08.2019 17:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo Goes jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga qaraganda 18 yoshli braziliyalik futbolchi son mushaklaridan jarohat olgan. Endi u "Kultural Leonesa"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini hamda La Liganing 1-turidan o‘rin olgan "Selta"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Goesni joriy yoz “Santos”dan 45 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!