
Rejalar katta yoxud Pochettino "Chelsi"ga kimlarni olib kelmoqchi?
2022 yilda Todd Bouli "Chelsi"ni 4 milliard evrodan ko‘proq to‘lagan holda sotib oldi, ya’ni 19 yildan keyin Abramovich davri o‘z nihoyasiga etdi. Romanning sal oldinroq klubni tark etishi natijasida rahbariyat qilishi kerak bo‘lgan ayrim ishlar chala qolib ketdi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Ryudiger, Kristensen va Alonsolar bilan shartnoma muddati uzaytirilmadi va ular erkin agent sifatida jamoadan ketdi. Shuningdek, Azplikueta ham "Barsa"ga o‘tib ketishi mumkin edi. Ammo u qolishni afzal ko‘rdi. Todd Bouli davrida hali "aristokratlar" ispaniyalik himoyachidan tashqari hech qaysi futbolchi bilan yangi bitim imzolamadi. Amerikalik investor faqat yangi o‘yinchilar sotib olishni xohlaydi shekkili, transferlarga 600 million evro sarfladi. Londonliklar APLlni 12-o‘rin bilan yakunladi. Ha, o‘ta omadsiz mavsum, lekin endi qilingan xatolarni to‘g‘irlash vaqti keldi. "Chelsi" ushbu yozda aqlni ishlatib, kerakli pozitsiyalarga futbolchilar sotib olshni maqsad qilgan. Pochettinoning o‘zi bu ishga bosh bo‘ladi. Shu bilan birga, jamoada tozalash ishlari ham boshlangan. Mourisio klubga bosh murabbiy bo‘lganidan keyin jamoaga kim kelib, kim ketishini o‘zi hal qilishini aytgan. U shunchaki maydon chetida turib, rahbariyat tanlagan futbolchilarga ko‘rsatma berish niyati yo‘q. Demak, argentinalik mutahassisning rejasi klubga yangi darvozabon, yarim himoyachi va bitta to‘purar olib kelish.
Darvoza va yarim himoya masalasi...
"Chelsi"ning ikki posboni Eduard Mendi va Kepa Arrisabalaga yozda jamoani tark etishi mumkin. "Standart Evening" nashri xabar berishicha, Pochettino hali birinchi raqamli darvozabon masalasini hal qilmagan. Ammo u yangi posbon sotib olinishini juda ham xohlaydi. Variantlar orasida Mayk Menyan va Onana mavjud. Ularning narxi tahminan 50 million funt bo‘lishi mumkin. Agarda yozda yangi darvozabon sotib olinmasa, kelasi mavsumda asosiy o‘yinlarning barchasida Kepa boshlang‘ich tarkibda maydonga tushadi. Umuman olganda, hali so‘nggi qaror qabul qilinmagan.
"Chelsi" darvozabon masalasini hal etishi bilan birgalikda, yarim himoyani ham kuchaytirishi kerak bo‘ladi. Ayni dam klub Moysec Kaysedoni sotib olish uchun harakat qilmoqda. "Brayton" yarim himoyachisi o‘tgan transferlar oynasida ham "chaykalar"ni tark etishi mumkin edi. "Arsenal" qishda 3 marta taklif bilan chiqdi, lekin ularning barchasi rad qilindi. Ekvadorlik futbolchi Londonga yo‘l olishi aniqlashib bormoqda. Kaysedo uchun ayni payt "Chelsi" va "Arsenal" o‘zaro kurashyapti. Agarda kim uni sotib olishni istasa, "Brayton" hisobiga kamida 70 million funt o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.
Deyarli hal bo‘lgan transferlar
Sentyabr oyida "aristokratlar" Kristofer Nkunku bilan og‘zaki kelishuvga erishib olgan va u tibbiy ko‘rikdan ham o‘tgan edi. Qishda esa "Leyptsig" 65 million evro evaziga frantsuzni sotishga rozi bo‘ldi. Bu transfer rasman e’lon qilindi. Avvlroq, Fabritsio Romano "Chelsi" FIFA kunlaridan keyin frantsuzni tanishtirish marosimi bo‘lishini aytgandi. Nkunku bir nechta pozitsiyada o‘ynay oladi, Pochettino undan aynan qaysi chiziqda foydalanishi hozircha noma’lum. Agarda "Chelsi" o‘tgan yili Kristofer bilan kelishib olmaganida, unga katta xaridor "Bavariya" bo‘lar edi, deya xabar berdi "Sky Sports" nashri.
London klubi "Vilyarreal" hujumchisi Nikolas Jeksonni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Senegallik futbolchi bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishib olingan, uning o‘zi ham "Chelsi"da o‘ynashni istaydi. "Sariq suv osti kemasi" bilan ushbu hafta muzokaralar o‘tkaziladi. Katta ehtimol bilan Jeksonning tovon puli, ya’ni 30 million funt to‘lanadi. Nikolas qishki transferlar oynasida "Bornmut"ga o‘tishi mumkin edi, lekin u tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmadi va mavsumning qolgan qismini ham "Vilyarreal"da o‘tkazdi. Shuningdek, hujumchiga Angliyaning bir qator o‘rtamiyona klublaridan ham takliflar bor edi.
"Chelsi"ga to‘purar kerak...
Jekson baribir "Chelsi"ning ikkinchi raqamli hujumchisi bo‘lishi kutilmoqda. Jamoaning asosiy straykeriga aylanishi mumkin bo‘lgan futbolchilar boshqa. "Aristokratlar" bitta emas, balki bir nechta hujumchini ko‘z ostiga olib qo‘ygan. "Yuventus" vakili Dushan Vlahovich ular orasida favoritlardan biri bo‘lib turibdi. Turinliklar Championlar ligasiga chiqa olmadi. Shunday ekan, serbiyalik futbolchi jamoani tark etishi mumkin. Bir paytlar "Arsenal"ga o‘tmagan Vlahovichning o‘yinlari Pochettinoga yoqadi. Uning transferi esa 80 million evroga tushishi mumkin. "Chelsi" A Seriyadan o‘yinchi olishni yoqtiradi shekilli, klub Lautaro Martinesga qiziqmoqda. Eng qizig‘i, argentinalik hujumchiga ham 80 million evro talab qilinish ehtimoli bor. "Chelsi" Inter straykeri uchun Real bilan kurash olib borishi kerak bo‘ladi. Madridliklar ayni payt to‘qqizlikka o‘yinchi qidirmoqda. Mazkur ikki futbolchidan tashqari, Osimhen ham "Chelsi" radariga tushgan.
Fikrlar