
Rekord o‘rnatgan Salah "Liverpul"da o‘ynashni orzu qilgan
“Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Salah yoshligidan mersisayd jamoasiga muxlislik qilganini tan oldi. Misrlik futbolchi “qizillar” safiga qo‘shilgandan so‘ng klub tarixida yangi rekord o‘rnatdi. Gap shundaki, Salah APLdagi birinchi mavsumidayoq 20 golga urishga erishgan ilk futbolchi bo‘lib turibdi.
– Men bu jamoani yoshligimdan yaxshi ko‘rardim va bu erda o‘ynashni istardim. Men “Livepul” tarixini bilaman. Jamoaga kelish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. “Roma”da ajoyib ikki mavsumni o‘tkazdim, juda baxtli edim, biroq inson har doim o‘zini yuqoriga chorlaydigan bosimga harakat qilishi kerak, – deya Salahning so‘zlarini keltiradi FourFourTwo nashri.
Fikrlar