
"Reptors" seriyada oldinga chiqib oldi
Unda Oklendning "Golden Steyt Uorriorz" klubi "Toronto Reptors"ga qarshi parketga chiqdi va 109:123 hisobi bilan raqibga imkoniyatni boy berdi.
Mezbonlar himoyachisi Stefen Karri mazkur uchrashuvda 47 ochkoga ega chiqdi. "Golden Steyt Uorriorz" etakchilaridan biri Kevin Dyurant esa jarohati bois yana jamoasiga yordam bera olmadi. Shifokorlar unga o‘ynash uchun ruhsat berishmayapti.
Shu tariqa, kanadaliklar seriyada 2:1 hisobida oldinga chiqib olishdi. To‘rtinchi bellashuv 8 iyun kuni Oklendda bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da start oladi. Seriya to‘rtinchi g‘alabaga qadar o‘ynaladi. MBAning amaldagi g‘olibi esa aynan "Golden Steyt Uorriorz" jamoasi sanaladi.
Fikrlar