Reshford: "Albatta, vinger sifatida o‘ynashni afzal ko‘raman"

  • 22.10.2025 17:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Markus Reshford Chempionlar ligasida "Olimpiakos"ga qarshi kechgan uchrashuvda (6:1) jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Angliyalik futbolchi 74 va 79-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi.

Tecno

Markus bo‘lishiga qaramasdan, u bu safar hujum markazida harakat qildi. O‘yindan so‘ng esa jurnalist bu haqida undan so‘rashdi!

"Mening pozitsiyam? Albatta, vinger sifatida o‘ynashni afzal ko‘raman, ammo jamoa uchun zarur bo‘lsa, qaerda bo‘lmasin, o‘ynashga tayyorman", — dedi Reshford o‘yindan keyingi intervyusida.

Reshford joriy mavsum bosh murabbiy Xans-Diter Flik qo‘l ostida barcha musobaqalarda 12 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.

26 oktyabr, yakshanba kuni "Barselona" Ispaniya chempionati doirasida safarda "Real" bilan to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!