Reshford APL grandiga o‘tishdan bosh tortdi
Manbaga ko‘ra, «shporlar» Reşfordni 46,4 million yevroga sotib olish bandini faollashtirish va futbolchining maosh talablarini qondirishga tayyor bo‘lgan. Biroq ingliz futbolchisi Angliyadagi boshqa klub safida o‘ynashni istamayapti.
«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reşford Angliya Premier-ligasida ishtirok etayotgan mashhur klublardan «Tottenxem»ga o'tishdan bosh tortdi. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar qildi.
Vinger hanuz «Barselona»ga to‘liq ko‘chib o‘tishdan umidvor va kataloniyaliklar keyinroq uning nomzodiga yana qaytishini kutyapti.
O‘tgan mavsum Reşford «Barselona» safida ijarada o‘ynadi. U jamoa tarkibida 49 ta o‘yinda qatnashib, 14 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar