Reshford "Barselona"ga, Koutino MYuga o‘tishi mumkin
"Barselona" klubi "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar 21 yoshli ingliz futbolchisi uchun o‘zlarining braziliyalik vingeri Filippe Koutino yoki uning hamyurti Malkomni almashtirishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Reshford joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 38ta o‘yinda maydonga tushdi va 12ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar