Reshford jahon chempionatiga bormasligi mumkin

  • 9 mart, 2022, 16:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford Angliya terma jamoasidagi o‘rnini yo‘qotishi mumkin.

Tecno

Angliya terma jamoasi mart oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi va MYu hujumchisi katta ehtimol ushbu o‘yinlarga taklif qilinmaydi.

Joriy mavsumda Reshford “Manchester Yunayted”ning asosiy tarkibidan mustahkam o‘rin egallamadi. U oxirgi 11 o‘yinda u faqat 2 marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.

ESPN xabariga ko‘ra, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt faqat o‘z klublarida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib turgan futbolchilarni chaqirishi mumkin.

Agar Reshford iyun va sentyabr oylaridagi o‘yinlarda terma jamoaga qaytmasa, Qatarda bo‘lib o‘tadigan “JCh-2022”da ishtirok etmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!