Reshford jarrohlik stoliga yotadi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford yangi mavsum startini o‘tkazib yuborishi mumkin. Mirror xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchi Evropa chempionatidan so‘ng jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi.
2020/2021 yilgi mavsum davomida Reshford elka va oyoq sohalarida muammolarni boshdan kechirgan. Klub futbolchining “Evro-2020”da o‘ynash istagini qo‘llab-quvvatladi, ammo musobaqadan so‘ng Markus ikkala muammoning kamida bittasini hal qilish uchun hali ham jarrohlik amaliyotiga rozi bo‘lishi kerak. Katta ehtimol bilan u oyog‘ini operatsiya qildiradi.
Angliya terma jamoasi Evropa chempionatida Xorvatiya, Shotlandiya va Chexiya bilan bir guruhdan joy olgan.
Markus Reshford o‘tgan mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 54 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar