Respublika texnik va amaliy sport turlari markazida yilning eng yaxshilari aniqlandi
Respublika texnik va amaliy sport turlari markazida «Yilning eng yaxshi sportchisi», «Eng yaxshi murabbiy» va «Eng yaxshi hakam» nominatsiyalari g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Dastlab O‘zbekiston mudofaasiga kumaklashuvchi Vatanparvar tashkiloti markaziy kengashi raisi o‘rinbosarlari Sharifjon Mo‘minjonov va Nurmuhammad Mullaboevlar mamlakatimizda sportning olimpiya va noolimpiya turlarini rivojlantirish, yoshlar orasida keng ommalashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa so‘nggi yillarda xalqaro turnirlarda sportchilarimiz tomonidan qo‘lga kiritilayotgan natijalar salmog‘i ortib borayotgani borasida so‘z yuritishdi.
Tadbirning asosiy qismida dastlab, “Yilning eng yaxshi sportchisi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lganlar taqdirlandi:
Hakimova Alina - Triatlon bo‘yicha bir necha bor O‘zbekiston chempionati va O‘zbekiston kubogi sovrindori, shuningdek 2017 yil 12-16 iyul kunlari Indoneziyada o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 9-o‘rinni, 2016 yilning 27 iyun – 4 iyul kunlari, Kokshetau shahrida (Qozog‘iston) o‘tkazilgan Osiyo kubogida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Hamroev Doniyorxo‘ja - Triatlon bo‘yicha ko‘p karra O‘zbekiston chempioni, 2017 yil 12-16 iyul kunlari Indoneziyada o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 10-o‘rinni egallagan.
Xmelevskaya Marina - Biatlon bo‘yicha ko‘p karra O‘zbekiston chempioni, O‘zbekiston kubogi sohibasi. 2015 yilning 27 iyun – 7 iyul kunlari Cho‘pon-ota shahrida (Qirg‘iziston) o‘tkazilgan yozgi biatlon bo‘yicha Osiyo Kubogi musobqalarida 1-o‘rinni egallagan.
Petrov Fyodor - Radiosport bo‘yicha bir necha bor O‘zbekiston chempioni, O‘zbekiston kubogi sohibi. 2017 yil 28-29 oktyabr kunlari o‘tkazilgan Jaxon chempionatida 2-o‘rin, Osiyo chempionatida 1-o‘rin. 25-26 noyabr
Bazin Vladislav - 2017 yil Karting bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rin va O‘zbekiston kubogi sohibi.
Pardabaeva Zaynab - O‘q otish sporti bo‘yicha bir necha bor O‘zbekiston chempioni. 2017 yil Qozog‘istonda o‘tkazilgan Xalqaro turnirda 413 natija bilan 1-o‘rin, O‘zbekiston chempionatida 415,9 natija bilan 1-o‘rin.
Ibragimova Olga - Raketamodel sporti bo‘yicha ko‘p karra O‘zbekiston chempioni. 2017 yil 16-22 sentyabr kunlari Baykanur shahrida o‘tkazilgan Jaxon kubogida 1-o‘rin.
Sazanov Andrey - 2017 yil motokross bo‘yicha (125 sm3) va (500 sm3) O‘zbekiston chempionati 1-o‘rin va O‘zbekiston kubogi 1-o‘rin.
Tadbir davomida yoshlar orasida sport turlarini ommalashishi, sport turlariga bo‘lgan qiziqishning o‘sishida murabbiylar malakasi, ish uslubi, shogirdlarining g‘alabaga bo‘lgan intilishini o‘stira olish qobiliyati katta ekanligiga urg‘u berildi. Shundan so‘ng, «Eng yaxshi murabbiy» nominatsiyasi g‘oliblari taqdirlandi:
Serebryakov Sergey - biatlon.
Zarodov Viktor - triatlon.
Marosimda o‘tkazilayotgan musobaqalarning odilona tashkil etilishi sportchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllanishida katta o‘rin tutishi borasida so‘z yuritildi. So‘ngra “Eng yaxshi hakam” nominatsiyasi g‘oliblari taqdirlandi:
Risqibev Sobir – triatlon.
Nabiev Shokir – o‘q otish.



Fikrlar