Reys: "Manchester Siti"ga o‘tishim juda tez sodir bo‘lgan edi"

  • 18 oktabr, 14:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik himoyachi Vitor Reys "Manchester Siti"ga transferi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Hammasi juda tez sodir bo‘ldi. "Manchester Siti" taklif bilan chiqqanida men juda xursand bo‘ldim.​ Oilam menga juda katta yordam berdi va men bu vaziyatni yaxshi qabul qildim", — dedi Reys "Sky Blues" nashriga.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yozda himoyachi deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani sababli manchesterliklardan "Jirona"ga ijara asosida yo‘l olgan. Kataloniya klubi safida u Ispaniya chempionatida 7 ta uchrashuvda maydonga tushgan, ammo hozircha gol yoki golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ymadi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil boshida "shaharliklar" 19 yoshli futbolchi uchun deyarli 40 million evro to‘lashgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!