
Riberi: Men qariyaman, ammo maydonda o‘zimni yoshdek his qilyapman
"Fiorentina" yarim himoyachisi Frank Riberi A Seriyaning 6-turida "Milan" ustidan 3:1 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Men baxtliman. "San-Siro"da o‘ynash doim o‘zgacha ruh baxsh etadi. Bu ajoyib arena, bu erda muxlislar ham juda ko‘p. Hozirda "Milan" muxlislar uchun yaxshi emas, ammo biz yomon o‘ynamadik. Bu biz uchun muhim edi.
Ha, men qariyaman, ammo maydonda o‘zimni yoshdek his qilyapman. Futbol mening hayotim, men bu kasbni yaxshi ko‘raman. Men "Fiorentina"ga katta maqsadlarda kelgandim va bizda barchasi yaxshi ketayotganligi meni hursand qilmoqda.
Men "Fiorentina" futbolchilariga va muxlislariga yordam berish uchun kelganman. Men baxtiyorman, ammo men bugungidek o‘ynashim uchun har kuni va har hafta ishlashim kerak," - dedi Riberi.
Fikrlar