Riberining sobiq agenti undan 3,5 mln evro undirmoqchi
Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Frank Riberi joriy yilning 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan sud majlisida ishtirok etadi.
Gap shundaki, futbolchining sobiq agenti Bruno Xaydershayd shartnomani buzgani uchun undan 3,5 mln evro tovon puli talab qilmoqda.
Agentning so‘zlariga ko‘ra Riberi bundan 11 yil muqaddam unga keyingi transferining 10% miqdorida pul va’da qilgan va shartnoma imzolagan. Shundan so‘ng u boshqa bir agentning xizmatidan foydalanib “Marsel”dan “Bavariya”ga ko‘chib o‘tdi va Xaydershaydga bir tiyin ham to‘lamadi.



Fikrlar