Rixsiboevning goli "Xo‘jand"ning tarixiy g‘alabasi uchun kamlik qildi

  • 4 aprel, 2020, 19:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Tojikistonda yangi mavsum start oldi. Mavsumning ilk o‘yini mamlakat Superkubogi uchun bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi chempion "Istiqlol" o‘tgan mavsum ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan "Xo‘jand"ga qarshi bahs olib bordi.

Muxlislarsiz o‘tgan bellashuvda hisobni "Xo‘jand" futbolchilari ochishdi. 2-daqiqada o‘zbekistonlik Sanjar Rixsiboev dushanbeliklar darvozasini ishg‘ol qildi. 78-daqiqada Manuchexr Jalilov muvozanatni tiklagan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Muhammadjon Rahimov "Istiqlol"ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa, uchinchi bor Superkubokda ishtirok etgan "Xo‘jand" bu safar ham sovrinsiz qoldi.

Tojikiston Superkubogi

"Istiqlol" - "Xo‘jand" 2:1

Gollar: Sanjar Rixsiboev, 2 (0:1), Manuchexr Jalilov, 78 (1:1), Muxammadjon Raximov, 80 (2:1).

"Istiklol" (Dushanbe): Rustam Yatimov, Tabrezi Davlatmir, Zoir Jo‘raboev, Aleksey Larin, Marko Milich, Iskandar Jalilov (Muhammadjon Raximov, 58), Viktor Svejov, Exsoni Pandjshanbe, Alisher Jalilov (Rustam Soirov, 76), Sheriddin Boboev (Voxit Orazsaxedov, 58), Manuchexr Jalilov.

"Xo‘jand" (Xo‘jand): Ma’mur Ikromov, Manuchexr Safarov, Komron Mirzonajod, Baxtiyor Choriev (Muxammadsharifi Saidxoja, 76), Dilshod Bozorov, Oybek Abdug‘afforov, Xurshed Beknazarov, Siroj Hamroev, Firdavs Chakalov (Alisher Barotov, 76), Sanjar Rixsiboev (Fatxullo Fatxulloev, 64), Abdulmo‘min Zabirov (Andrey Sidorov, 84).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!