Riyod-2025. Bokschilarimiz delegatsiyamiz hisobiga yana ikkita oltin medalni qo‘shib qo‘ydi

  • 11.11.2025 00:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom Birdamligi o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Bugun boks bo‘yicha final janglarida 4 nafar hamyurtimiz ishtirok etdi. 

Avvalroq, yurtdoshlarimiz Odinaxon Ismoilova kumush, Abdulloh Madaminov oltin medalga ega chiqqani haqida xabar bergan edik. 

Hozirgina yana ikki nafar sportchimizning janglari yakunlandi. 

Ulardan biri Xumorabonu Mamajonova  -57 kg vazndagi finalda ozarbayjonlik Aynur Mikayilovadan 5:0 hisobida ustun kelib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yana bir charm qo‘lqop ustamiz Madiyar Daniyarov esa noodatiy tarzda chempionga aylandi. -60 kg vaznda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan final bahsi, ozarbayjonlik Mahammadali Gasimzadaning jangdan bosh tortganligi sababli o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, terma jamoamiz 8 nafar bokschi bilan ushbu musobaqaga tashrif buyurdi va yakunda 6 ta medalga sazovor bo‘ldi. 

Oltin: 
-60 kg: Madiyar Daniyarov
-65 k: Abdulloh Madaminov
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova

Kumush:
-60 kg: Odinaxon Ismoilova

Bronza: 
-51 kg: Zilolaxon Yusufova
-54 kg: Uzukjamol Yunusova

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!