
Robben PSVdan taklif oldi, ammo...
“Bavariya” bilan shartnomasi yakunlangach erkin agentga aylangan Aren Robben Gollandiyadan taklif olganini aytdi.
“PSV bosh murabbiyi Mark van Bommel menga jamoa eshiklarini ochdi. Biz u bilan tez-tez gaplashib turamiz. Ammo men hali faoliyatimni davom ettirish masalasida bir qarorga kelganimcha yo‘q”, - deydi 35 yoshli futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Robben surunkali jarohatlar tufayli faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar