Robben: “Real”dan ketishni ortga qadam tashlash deb o‘ylagan edim

  • 5 dekabr, 2017, 11:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Aren Robben 2009 yil “Real”dan ketishi qiyin bo‘lganligini aytib o‘tdi.

Tecno

“Men “Real” safida o‘ynaganimda, bizning maqsadimiz 10-EChL kubogi edi. Bu mening  eng katta orzum edi. Biroq men o‘ynagan ikki yil davomida biz bunga erish  olmadik.

Men “Real”ni tark etayotganimda ortga qadam tashladim deb o‘ylagan edim. Chunki, “Bavariya” o‘sha vaqtlarda Evropada u qadar yaxshi natija qayd etmas edi.

Men esa yuqori saviyada o‘ynamoqchi edim. Bu men uchun qiyin tanlov bo‘lgan edi. Biroq yakunda hammasi yaxshilik bilan tugadi va bu qaror mening faoliyatimdagi eng yaxshisidir”, – deb gollandiyalik futbolchining so‘zlarini keltirib o‘tdi AS nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!