
Robert Uittaker janglarini yoqtiradigan 2 nafar UFC vakilini aytdi
O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Robert Uittaker UFC dagi eng yoqtirga 2 jangchisi kim ekanligini ma’lum qildi.
“Men albatta Jon Jonsni aytib o‘taman. U sevimli jangchim, chunki uning jangini tomosha qilishni yaxshi ko‘raman. Jon og‘ir vazn toifasiga ajoyib “dinamika” olib kirdi. Ha, u shubhasiz mening ro‘yxatimda. Siz shunchaki uning janglarini kuzatishingiz kerak.
Shuningdek,menga Tay "Bam Bam" Tuivasa ham juda yoqadi. Uning jangini ko‘rganimda nafasim uzilib qoladi. Tay o‘z ishini qilyapti. Shu tariqa u ham mening eng yaxshi 2 taligimga kiradi ", dedi Uittaker MMArcade podkastida.
Eslatib o‘tamiz, Uittaker so‘nggi jangi o‘tgan yilning sentyabrida o‘tkazib, Marvin Vettori ustidan g‘alaba qozongandi.
Fikrlar