
Robert Uittaker: "Rossiyalik jangchi Israel Adesanyani anchagina qiynab qo‘ya oladi"
O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Robert Uittaker yangi zellandiyalik Israel Adesanya va rossiyalik Nassurdin Imavov o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Men Adesanyani favorit deb o‘ylayman. U o‘z ishini juda yaxshi biladi, biroq Imavov ham oson "o‘lja" emas. Uning tezligi ancha yuqori. Menimcha, Nassurdin Israelni qiynab qo‘ya oladi" - dedi avstraliyalik MMA ustasi.
Eslatib o‘tamiz, Adesanya va Imavov o‘rtasidagi bahs 1 fevral kuni "UFC Fight Night 250" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar