Roberto Karlos "Real" muxlislaridan sabr qilishni so‘radi

  • 6 iyun, 2020, 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real" Madrid klubi sobiq himoyachisi Roberto Karlos kolumbiyalik xavbek Xames Rodirgesning jamoadan ketishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

“Xames – afsona, men unga o‘rganib qolganman. Hammadan yana biroz sabr qilishlarini so‘rab qolaman.

U maydonga kirishib ketganida, juda yaxshi o‘ynaydi. Uning uchun ko‘p narsa o‘zgarib ketdi, lekin eng muhimi u o‘ziga ishonadi va avvalgidek o‘z ustida ishlashda davom etadi. Muxlislar uni juda yaxshi ko‘rishadi, chunki u ajoyib o‘yinchi.

Unga vaqt kerak. U xuddi avvalgidek ishonch bilan o‘ynamoqda va o‘zining maydondagi aql-idrokini namoyish qilmoqda”, - deydi braziliyalik futbol afsonasi.

Bundan avvalroq Xamesning "Atletiko"ga o‘tishi haqida xabarar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!