
Roberto Manchini Italiya terma jamoasidan qachon ketishini aytdi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini “JCh-2022”dan so‘ng jamoani tark etishini ma’lum qildi.
“Men Italiya terma jamoasini 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidan keyin tark etaman. Klub ishiga qaytish niyatidaman. Mening o‘rnimni kim bosa olishini bilmayman. Murabbiylar ko‘p - Allegri, Anchelotti yoki Gasperini”, - dedi italiyalik mutaxassis.
56 yoshli Manchini qo‘l ostida Italiya terma jamoasi “Evro-2020”ning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. U faoliyati davomida "Fiorentina", "Latsio", "Inter", "Manchester Siti", "Galatasaroy" va "Zenit" klublarini boshqargan.
Fikrlar