Rodjer Federer "Australian Open"ni ikkinchi davrasiga o‘tdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shveytsariyalik tennischi Rojer Federer Melburn shahrida boshlangan Avstraliya ochiq chempionatining ikkinchi davrasiga chiqib oldi.

Rojer yakkalik bahslarining musobaqaning birinchi bosqichida amerikalik Stiv Jonsonni  6:3, 6:2, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa, "Australian Open" turnirning ikkinchi davrasida Federer frantsiyalik Kanten Gali  yoki serbiyalik Filip Krayinovichga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!