Rodri: Ular "Etihad"da g‘alaba qozonishni istamadi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri jamoasining chempionligi va "Arsenal" haqida fikr bildirdi.
"Arsenal" yaxshi mavsum o‘tkazdi, ammo chempionat masalasini mentalitet hal qildi. Ular "Etixad"ga kelishganida g‘alaba qozonishni emas, durangni xohladi", - dedi "shaharliklar" yarim himoyachisi.
Bundan tashqari, ispaniyalik xavbek qaysidir vaqtlarda "Arsenal" tanazzulga uchragani va "Siti" bundan unumli foydalanib, bor kuchini ishga solganini ta’kidladi.

Fikrlar