“Roma” – “Sanderlend”: Abraxam yo‘q, asosiy rolda Shomurodov bo‘ladi!

  • 13 iyul, 2022, 07:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma” kelasi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda. Joze Mourino shogirdlari o‘z qarorgohidagi yig‘inlarni yakunlab, Portugaliyaga yo‘l oldi.

Portugaliya yig‘ini rimlik “bo‘rilar” uchun kelasi mavsumga tayyorgarlikning asosiy davri hisoblanadi. Bu yig‘inda murabbiylar shtabi jamoaning asosiy tarkibini shakllantirib olishi kerak.

“Roma” o‘tgan mavsumda Italiya klublari orasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan jamoa bo‘ldi. Rimliklar A Seriya va Italiya kubogi bahslaridan tashqari UEFA Konferentsiyalar ligasida qatnashdi. Mourino shogirdlari mazkur xalqaro turnirni saralash bosqichidan finaligacha bo‘lgan masofani bosib o‘tdi va bu jarayonda qo‘shimcha 15 ta o‘yin o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi.

volga (1)_19

Kelasi mavsum bundanda og‘ir bo‘lishi aniq. Chunki klub rahbariyati bu gal Joze Mourino va uning shogirdlaridan A Seriyada kuchli to‘rtlikka kirib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘lish, Italiya kubogi va Evropa ligasida g‘olib chiqishni talab qilmoqda.

Talab katta va tayyorgarlik shunga yarasha bo‘lishi kerak.

“Roma” Italiyadagi yig‘inda asosiy e’tiborni jismoniy va taktik tayyorgarlikni oshirishga qaratdi va atigi bitta nazorat uchrashuvi bilan cheklandi. “Trastevere” bilan bo‘lgan o‘yinda rimliklar 5:0 hisobida zafar quchdi. Shomurodov o‘zi gol urishi barobarida jamoadoshi Volpatoga golli pas uzatdi.

“Roma” Portugaliyadagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvini 13 iyul kuni o‘tkazadi. Mourino shogirdlariga Angliya Chempionshipi vakili – “Sanderlend” raqiblik qiladi. Bu jamoa yaqin yillarda ham premer-ligada o‘ynar edi va yana Angliyaning eng kuchli jamoalari qatoriga qo‘shilishga intilmoqda.

Italiya futbolini yoritayotgan https://footballnews24.it/ nashrining yozishicha, “Roma”ning asosiy to‘purari Temmi Abraxam va jamoa sardori Lorentso Pellegrini jamoa bilan Portugaliyaga uchmagan. Mourino Angliya va Italiya terma jamoalariga jalb etilgan bu o‘yinchilarga qo‘shimcha dam olish uchun imkon bergan.

Yana bir hujumchi – Nikolo Dzanoloni jarohat bezovta qilayotgan edi. “Yuventus”ga o‘tishni istayotgan o‘yinchi  “Trastevere”ga qarshi bahsda ham ko‘rinmadi.

“Nitstsa”dagi ijara muddatini yakunlab, “Roma” qaytgan Jastin Klyuyvert jamoa bilan birga Portugaliyaga yo‘l oldi. Biroq, unga “Marsel”dan jiddiy qiziqish bo‘layotgani uchun Portugaliya yig‘inida uzoq ushlanib qolmasligi aytilmoqda.

“Roma” hujumida yuzaga kelgan bu vaziyatni inobatga olsak, Portugaliyadagi o‘rtoqlik o‘yinlarida asosiy hujumchi sifatida Eldor Shomurodov haraka qilishi mumkin. Chunki hamyurtimiz kelasi mavsumni Rimda o‘tkazishi aniq bo‘lib ulgurgan. Mourino o‘zbek futbolchisini jamoada olib qolishga qaror qildi va demak, uni mavsum oldidan qattiq sinab ko‘radi.

volga (2)_8

Hujum chizig‘ining qolgan vakillari – Karles Peres, Feliks Afena-Gyan, Stefan El-Shaaravining jamoada qolishi kafolatlanmagan va sport direktori Tyagu Pinto ulardan turli transferlar amalga oshirish uchun narxni pasaytiruvchi aktiv sifatida foydalanmoqchi. Bundan sharoitda, Mourino bu o‘yinchilarga ko‘p ham tayanmaydi.

“Roma” Portugaliya yig‘inida jami to‘rtta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Rimliklar “Sanderland”dan tashqari 16 iyul kuni Portugaliyaning “Portimonense”, 20 iyul kuni “Sporting” va 23 iyulda Frantsiyaning “Nitstsa” jamoasi bilan bellashadi.

Keyingi raqib Angliyaning “Tottenxem” jamoasi bo‘ladi va bu xalqaro o‘rtoqlik o‘yini 30 iyul kuni Isroil davlatida tashkil qilinishi belgilangan.

Bu transferlar amalga oshsa, Shomurodov “Roma”dan ketgani ma’qul!

Mourino Shomurodovni nega Rimda olib qoldi?

Ana xolos! Legionerimizning transferi barbod bo‘ldi!

O‘runovning ishlari yurishib ketdi. Ostonga Moskva klubi ham xaridor!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Восток
12/07/2022 23:13
Вакт булди уйгон Элдоржон