Bu transferlar amalga oshsa, Shomurodov “Roma”dan ketgani ma’qul!

  • 12 iyul, 2022, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ning Konferentsiyalar ligasidagi g‘alabasidan keyin jahon futboli yulduzlari Joze Mourino qurayotgan jamoa kelajagiga ishona boshladi. Kelasi mavsum oldidan bir necha mashhur o‘yinchilar Rim klubiga o‘tishga tayyor ekani “Roma” loyihasiga bo‘lgan ishonch ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Tecno

O‘zbekistonlik futbol muxlislari “bo‘rilar”ga asosan Eldor Shomurodov sababli muxlislik qiladi. O‘tgan mavsumda legionerimiz biz kutgan darajada ko‘p o‘ynash imkoniga ega bo‘lmadi. Umidimiz yangi mavsumdan.

1235300855.0

Lekin “Roma” rahbariyatining yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘iga olmoqchi bo‘layotgan ijrochilarning salohiyati, imkoniyati va mashhurligini inobatga olib, Shomurodovning bu klubdagi kelajagidan muxlislar xavotirga tushayotgani ham bor gap.

Yaqinda Joze Mourino o‘zi “Roma”da qo‘llayotgan taktikalarini o‘zgartirmasligini bildirdi. Ma’lumki, portugaliyalik mutaxassis asosan bir hujumchi bilan o‘ynaydi. “Roma”da eng oldingi nuqtada Temmi Abraxam harakat qiladi. Uning joyi, o‘yin vaqti kafolatlangan. Abraxamning o‘zi ham bunga munosib ekanini isbotlab qo‘ydi.

Rim klubi selektsionerlari hozir ikkinchi hujumchi roliga munosib ijrochilarni qidirmoqda. Transfer oynasi davrining qoq o‘rtasida Mourino qo‘l ostida to‘p tepishni istay boshlagan hujumchilar soni ortib bormoqda.

Keling hozir shundoq ham asosiy tarkibga kirishga qiynalayotgan Shomurodovga raqobatchi bo‘lishi ehtimoli oshib borayotgan hujumchilar bilan tanishib chiqamiz.

Paulo Dibala

Argentinalik hujumchi “Yuventus”da o‘ynagan so‘nggi mavsumda Joze Mourino uni “Roma”ga taklif qilgan. Dibalaga asosan Angliya grandlari va A Seriya vakillaridan qiziqish bo‘ldi.

Paulo o‘z o‘yin uslubidan kelib chiqib, Italiyada qolishni ma’qul ko‘rmoqda. A Seriyadan Angliyaga ketib, ishi yurishib ketgan hujumchilar juda kam. Bir tomondan to‘g‘ri qaror. Lekin Dibalaning “Milan” va “Inter”ga o‘tish istagi amalga oshgani yo‘q.

“Inter” yaqinda Romelu Lukakuni qaytarganidan keyin oldingi chiziqda Dibalani olishga ehtiyoj qolgani yo‘q. "Milan" esa bu o‘yinchi kerakmasligini aniq aytdi.

Dibala hozir boshqa takliflarni kutayotgan bo‘lsa-d, “Roma”ni zaxira varianti sifatida saqlab turibdi va istalgan paytda Mourinoga qo‘ng‘iroq qilib, Rimga ko‘chib o‘tishga rozi ekanini aytishi mumkin.

0

Andrea Belotti

Italiya terma jamoasi hujumchisi Andrea Belotti “Torino”ga sadoqat bilan xizmat qildi. Lekin zo‘r o‘yinchi klub miqyosida ham sovrinlar yutishi kerak. Turinning ikkinchi klubi bilan bu imkonsiz.

Ilgari bu hujumchiga Evropaning grand klublaridan chorloq bo‘lgan, lekin “Torino” asosiy to‘puraridan voz kechmagan. Hozir Andrea erkin agent, o‘zi istagan jamoaga yo‘l olishi mumkin.

28 yoshli hujumchi Joze Mourino bilan “Roma” variantini muhokama qilgani aytilmoqda. Belottiga “Monako” va “Nitstsa” kabi frantsuz klublaridan taklif bor. Lekin bu klublardan ko‘ra, “Roma” bilan katta g‘alabalarga erishish imkoni ko‘proq ekanini hamma qatori Andrea ham yaxshi biladi.

transfer-andrea-belotti-v-zenit-pod-ugrozoj-sryva_16277440341111541765

Xames Rodriges

Kolumbiya terma jamoasi etakchisi Xames Rodriges hozir Osiyoda yuribdi. Qatarda “Ar-Rayyan” jamoasi sharafini himoya qilayotgan mashhur yulduz o‘z oldiga Evropaga qaytishni maqsad qilib qo‘ygan.

Ana shu maqsadi yo‘lida Rodriges Braziliyaning “Botafogo” klubi chorlovini ham rad etdi.

Uning agentlari o‘yinchini “Roma”ga  joylashga harakat qilayotgani haqida ma’lumotlar bor. Xames “Portu”, “Monako”, “Real”, “Bavariya”, “Everton” kabi Evropa klublarida to‘plagan boy tajribasi bilan Mourino ishonchini qozonishi mumkin.

30 yoshli hujumkor futbolchining arablar bilan kelishuvi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. “Roma” uni olishni istasa, bu transfer ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi.

1570658458_0_23_1024_599_600x0_80_0_0_1bb68c8cca3bcdf709cf3c2775f25fd4

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, “Roma” yuqorida nomi keltirilgan hujumchilar yoki ulardan boshqa forvardni transfer qilsa, Shomurodovning asosiy tarkibga kirish imkoniyati yanada pasayib ketadi. Yoki legionerimiz Mourino boshchiligidagi murabbiylar shtabini sermahsulligi bilan jamoaga kerak ekaniga ishontirishiga to‘g‘ri keladi!

Mourino Shomurodovni nega Rimda olib qoldi?

Ana xolos! Legionerimizning transferi barbod bo‘ldi!

O‘runovning ishlari yurishib ketdi. Ostonga Moskva klubi ham xaridor!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Boratov Davtonbek
12/07/2022 16:35
Eldor Mourinyo uchun kerakli atlet. Yangi mavsum rejalariga kiritilgan. Har qanday toʻsiqdan ortga qaytmasdan oldinga chopib buzib ogʻrish kerak. Muhimi azamatimiz Romanda. Omadli bola yangi mavsumda ozini koʼrsatadi
Shoximardon Rajabov
12/07/2022 11:05
Агарда Рома ҳужимчилардан бири ёки иккита ҳужумчини ўз сафига қўшиб олса Шомуродов бошқа клубга ўтгани яхши. Фақат А серяга ушанда Жози Марианога қандай ҳужумчи эканлигини исботлайди.