"Roma" "Bavariya" futbolchisiga taklif yubordi

  • 13 iyun, 2022, 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" yarim himoyachisi Mark Roka faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Rim grandi 25 yoshli ispaniyalik futbolchi borasida myunxenliklarga rasmiy taklif bilan murojaat qilgan. Ushbu transfer 7 million evroga baholanmoqda.

“Roma” rahbariyati Rokani qo‘lga kiritish qiyin bo‘layotgan “Sassuolo” yarim himoyachisi Davide Frattezining muqobil variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Mark Roka o‘tgan mavsum “Bavariya” safida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!