"Roma" "Borussiya" Dortmund klubidan futbolchi xarid qilmoqchi
"Roma" Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Manuel Akanjini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Rim klubi tajribali himoyachini xarid qilib, himoya chizig‘ini kuchaytirish borasida o‘ylamoqda, deb xabar beradi "Corriere dello Sport".
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli shveytsariyalik futbolchiga "Inter" ham qiziqish bildirgan. Ammo tomonlar kelishuvga erisha olishmagan. Futbolchining "asalarilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi.
O‘tgan mavsumda Akanji nemis klubining barcha musobaqalar doirasidagi 36 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. "Transfermarkt" portali himoyachining narxini 30 million evroga baholamoqda.

Fikrlar