“Roma” futbolchisi Mourino bilan Portugaliyaga borishdan bosh tortmoqda

  • 12 dekabr, 2022, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”da bosh murabbiy Joze Mourino va himoyachi Rik Karsdorp mojarosi echim topgani yo‘q. Klub rahbariyati niderlandiyalik futbolchini klub qarorgohiga chaqirtirgan.

Tecno

Joze Mourino shu kunlarda jamoani Portugaliyada tashkil etiladigan bir haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga olib ketishi kerak.

Rik Karsdorp Rimga borishga tayyor. Lekin sport direktori Tyagu Pintodan Portugaliyadagi yig‘inga jalb qilmaslikni so‘ragan.

Futbolchi Mourino qo‘l ostida o‘ynamoqchi emas. U qishki transferlar vaqtida boshqa jamoaga o‘tishga harakat qiladi. Da’vogarlar orasida “Yuventus”, “Marsel”, “Lion” kabi klublar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!