“Roma” futbolchisi jahon chempionatiga bormaydigan bo‘ldi

  • 22 oktabr, 2022, 18:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” o‘ng qanot himoyachisi Rik Karsdorp Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatiga bormaydigan bo‘ldi.

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui Van Gal 27 yoshli futbolchini jahon chempionatiga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibiga kiritilmadi. Tajribali mutaxassis mundialga tayyorgarlikni 39 nafar o‘yinchi bilan boshlaydi va yakunda ular orasidan 23 ta eng zo‘rini tanlab oladi.

Rik Karsdorp bir oy oldin tizzasidagi jarohatini operatsiya qildirgan edi. Himoyachi o‘yin amaliyotisiz qolib ketgani bois, terma jamoaga chaqirtirilmadi.

Karsdorp 2017 yildan beri “Roma” sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu mavsum u barcha turnirlarda olti marotaba maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!