"Roma" Konferentsiyalar ligasini yutishi shart!"

  • 11 may, 2022, 13:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

25 may kuni Evropa Konferentsiyalar ligasi final uchrashuvi o‘tkaziladi. Unda "Roma" hamda "Feyenoord" bosh sovrin uchun kurash olib boradi.

Tecno

Bahs oldidan rimliklar afsonasi Franchesko Totti jamoasi g‘alaba qozonishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi: "Bo‘rilar" uzoq vaqtdan beri birorta turnir finalida o‘ynamadi. Ular Konferentsiyalar ligasini yutishi shart!

Menimcha, finalda favorit yo‘q. Biz buyuk tarixga ega ikki klub qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz. "Roma" ham, "Feyenoord" ham qiziqarli o‘yin namoyish etadi. Bizni ajoyib to‘qnashuv kutmoqda",-deya italiyalik afsona so‘zlarini keltirmoqda di Martsio.

Ma’lumot uchun, rimliklar so‘nggi bor 2007/2008 yilgi mavsumda Italiya Kubogiga ega chiqqandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!