“Roma” Maxrez varianti o‘xshamasa, Zidanning “arzandasi”ni qo‘lga kiritmoqchi

  • 2 avgust, 2017, 07:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning “Roma” klubi Angliyaning “Lester Siti” jamoasi yarim himoyachisi Riyod Maxrezni sotib olish borasida inglizlar bilan bir to‘htamga kela olishmayapti.

Tecno

Agarda, ushbu kelishuv amalga oshmasa, rimliklar Madridning “Real” klubi hujumchisi Lukas Vaskesni qo‘lga kiritmoqchi. Ispan OAVda yozishlaricha, “Real” Zidan kashf etgan futbolchi uchun rimliklar tomonidan bildirilgan 30 mln evrolik taklifni rad etgan.

Ma’lumot uchun, Vaskes yakuniga etgan mavsumda La Ligada 33 ta bahsda ishtirok etdi va 2 ta gol kiritib,7 golga assistentlik qildi.

Qayd etish joiz, uning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!