
"Roma" Mxitaryan evaziga Klyuvertni bermoqchi
"Roma" klubi rahbariyati "Arsenal"dan ijaraga olingan armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryanni tarkibda saqlab qolishga harakat qilmoqda.
Le10sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “bo‘rilar” Mxitaryan o‘rniga “kanonirlar”ga o‘zining gollandiyalik hujumchisi Jastin Klyuyvertni bermoqchi. "Arsenal" esa Genrixni 10 million evro evaziga sotib yuborishga tayyor.
31 yoshli Mxitaryan joriy mavsum “Roma” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. 27 ta o‘yinda maydonga tushgan 21 yoshli Klyuvert esa 7 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar