"Roma" rahbariyati uni APL klubiga sotishni xohlamadi va taklifni rad etdi!

  • 10 may, 2022, 22:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya nashrlari tarqatgan xabarlarga qaraganda, "Roma" Nikolo Dzanioloning transferi bo‘yicha APL klubidan bo‘lgan taklifni rad etgan.

Tecno

Italiyalik iqtidor egasiga Evropaning ko‘plab grand klublaridan qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Ayniqsa, unga ko‘proq "Yuventus" xaridor bo‘layotgani haqida mish-mishlar keng tarqaldi.

Ammo Rim klubi hozircha bu borada faqat bitta rasmiy taklif oldi. Bu ham Angliya klubidan. Biroq ushbu taklif klub rahbariyatini qanoatlantirmadi. Shuning uchun taklif rad etildi. Hozircha ushbu jamoa qaysi ekani oshkor etilmayapti.

Qayd etilishicha, “Roma” Dzanioloni 50 million evrodan kamiga sotmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!